Policiya JCH-2018 va JCH-2022 mezbon mamlakatlar tanlovi borasida FIFAning 10 vakilini so'roq qilyapti

Aslanov Jasurbek
27 may 2015, 14:24
Shveytsariyaning qonunni himoya qiluvchi organ vakillari 2010 yilda bo'lib o'tgan JCH-2018 va JCH-2022 mezbonlarining saylovida ishtirok etgan FIFA ijro qo'mitasining 10 nafar a'zosini so'roq qilyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, ularga nisbatan mundial mezbonlarini tanlash paytida moliyaviy firibgarlik aybi qo'yilib, jinoiy ish ochilgan.

Oldinroq qo'lga olinganlar orasida FIFA ijro qo'mitasi vice-prezidenti Jeffri Uebb borligi ma'lum qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com