Policiya ayolga nisbatan agressiv munosabatda bo'lganlikda shubha qilinayotgan Maradonani so'roq qildi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2017
"Napoli" sobiq futbolchisi Diego Maradonaning Ispaniyadagi sarguzashtlari davom etmoqda.

Oldinroq Anxel Garsiya Maradonani uni urganlikda ayblayotgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Maradona yashayotgan Madrid mehmonxonasi direktori qonun himoyachilarini chaqirgan. Uning ma'lum qilishicha, Maradona ayolga nisbatan agressiv munosabatda bo'lgan. Diegoni so'roq qilishdi, ayol esa ariza yozmadi. Hozircha policiya mehmonxonani tark etgani yo'q.

Maradona "Napoli"ni Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida qo'llash uchun Madrid mehmonxonasiga joylashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser