Pol Skoulz: "Maguayrni yil bo'yi mazax qilishdi, u esa MYUga g'alaba taqdim qildi"

Administrator
25 okt 2023
"Qizil iblislar" sobiq futbolchisi Xarri Maguayr haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Pol Skoulz klubning YCHL doirasida "Kopengagen"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Skoulz Maguayrning harakatlarini alohida maqtadi.

"Xarri Maguayrga o'zi munosib bo'lgan narsani berish kerak – u yil davomida mazaxdan boshqa hech narsa olgani yo'q.

U "Manchester Yunayted"ga g'alaba taqdim qildi. Xarri va Onana uchun ajoyib o'yin bo'ldi", -deydi Pol Skoulz.


AdministratorMuallif
Manba: BBC