Pol Pogba: "Oltin to'p"ga davogarlik qilish uchun YCHLni yutish lozim"

"Yuventus" hamda Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba ushbu mavsumda ko'rsatgan o'yini xususida gapirib o'tdi.


"Futbolchi sifatida ushbu mavsumda katta o'sishga erishdim. Pirlo va Teves jamoadan ketganidan so'ng meni bo'ynimga katta mas'uliyat yuklandi.
"Oltin to'p"? Ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun YCHLda g'olib bo'lmoq lozim. Biz hozirda Italiya kubogi finalida g'alaba qozonib, "oltin dubl"ni qayd etmoqchimiz. Keyingi reja va maqsad esa YCHLda muvaffaqiyat qozonish hisoblanadi. Har doim finallarni yutish zarur. Italiya kubogida muxlislarimizni xursand etib, yana bir sovringa ega chiqmoqchimiz. Tarixda o'z nomimizni yozib qoldirishda davom etmoqchimiz", - deydi Pogba.


Manba: Спорт Экспресс нашри