Pogba yozda MYUdan ketmoqchi. O'yinchi uchun uchta top-klub da'vogarlik qilmoqda

Alisher
11 mar 2022, 15:44
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda.

Francuzning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi joriy yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 28 yoshli o'yinchi klubdan erkin agent maqomida ketmoqchi.

PSJdan tashqari Pogba bilan shartnoma imzolashga "Yuventus" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Pol Pogba "Manchester Yunayted"da 2016 yildan beri o'ynaydi. Uning klubdagi maoshi 17 mln evroni tashkil etadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira