Pogba MYUga nisbatan boykot e'lon qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2019
Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli xavbek "qizil iblislar" rahbariyatidan uni "Real"ga sotishni so'ramoqchi. Agar mankunianlar fransiyalikka rad javobini berishsa, u boykot e'lon qilib, klubning mavsumoldi yig'inida ishtirok etmasligi mumkin. Futbolchi "Qirollik klubi"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi.

Pogba yakunlangan mavsumda APLning 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 9ta golli pas berdi. Fransiyalik va MYU o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Abc.es