Pogba - Mourinyo bilan munosabatlari haqida: "Buni gapirish taqiqlangan"

Mirjalol Normatov
28 okt 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning aytishiga ko'ra, rahbariyat Joze Mourinyo bilan munosabatlar qandayligini OAVga aytish taqiqlangan.

"Men bu haqda gapira olmayman. Bu ruxsat etilmagan. Men buni aytishni istagandim, ammo buni taqiqlab qo'yishdi", - dedi Pogba.

Oldinroq fransiyalik va portugaliyalik o'rtasida kelishmovchilik borligi aytilgandi. Ammo Pogba barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror