Pogba: "Manchester Yunayted" uchun kurashganman, kurashyapman va kurashishda davom etaman. Bla-bla - ortiqcha gaplar"

Mirjalol Normatov
13 dek 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

Oldinroq futbolchining agenti Mino Rayola mijozining MYUdagi davri tugayotganini aytgandi.

"Manchester Yunayted" uchun, muxlislarim, jamoadoshlarim uchun kurashganman, kurashyapman va kurashishda davom etaman. Bla-bla, ortiqcha gaplar - muhim emas. Bunga hali uzoq vaqt bor. O'z ishimga 1000 foiz e'tibor qaratganman.

Biz doim birgalikda kuchlimiz. Jamoadoshlarim va mening o'rtamizda hech qanday muammo yo'q va bu o'zgarmaydi ham", - dedi Pogba.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal