Pogba "Manchester Yunayted" transfer kampaniyasi haqida iliq fikrlarni bildirdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2021
Fransiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba klubning yakunlangan yozdagi transfer yurishi borasida to'xtaldi.

"Varanning o'tishi – klub uchun yaxshi yangilik. U bilan aloqalarmiz zo'r, biz eski qadrdonlarmiz. Rafael "Yunayted"da ekanligidan xursandman, uning ulkan tajribasi bor.

Ronalduga kelsak, eng yaxshilar bilan o'ynash har doim yoqimli. Buyuk futbolchilar bilan birga shug'allanish boshqa o'yinchilarning foydasiga ishlaydi. U tufayli jamoa o'sadi", – dedi Pogba.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Telefoot