Pogba: "FIFA "Oltin to'p"ni hozir Ronalduga berib yuborsa ham bo'laveradi"

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2016
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba FIFAga "Oltin to'p"ni "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshirishni maslahat berdi.

"FIFA "Oltin to'p"ni hozir Ronalduga berib yuborsa ham bo'laveradi. U Chempionlar ligasi va Yevropa chempionatida g'olib bo'ldi. Messiga keladigan bo'lsak, Lionel o'yin borasida Krishtianudan yomon emas. Men uchun ikkala futbolchi teng. Bundan tashqari, Antuan Grizmann ham yilni yaxshi o'tkazdi" - deydi Pogba.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS