Pogba bolaligida "Manchester Yunayted" raqibining muxlisi bo'lgan ekan

Aslanov Jasurbek
2 dek 2017, 12:37
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvidan oldin bolaligida Arsen Venger jamoasiga muxlislik qilganini aytib berdi.

"Fransiyada "Arsenal" juda mashhur edi - ularning tarkibida fransiyalik futbolchilar ko'p bo'lgan. "Arsenal"ning ashaddiy muxlisi edim, Terri Anri, uni kuzatardim.

Aqldan ozadigan ishqiboz bo'lmaganman, biroq "Arsenal"ning ko'p o'yinlarini tomosha qilardim. "Arsenal" doimo ajoyib klub bo'lgan" - deydi Pogba.

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 2 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror