Pogba: "Atletiko"ni mag'lub eta olamiz. Ronalduning qaytganidan xursandmiz"

Оқил Абдубарноев
13 mar 2022
"Manchester Yunayted"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba jurnalist bilan suhbatda "Atletiko"ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o'yinidan so'ng jamoasi to'g'ri xulosa chiqarganiga ishonchi komil ekanligini aytdi.

“Biz qanday xato qilganimizni bilamiz, ikkinchi o'yinda biz kuchliroq bo'lamiz va g'alaba qozonamiz deb o'ylayman. Bu eng muhimi. Biz o'z uyimizda o'ynayapmiz va g'alaba qozonishni istaymiz”, - dedi Pogba.

Fransiyalik futbolchi APLning so'nggi turida “Tottenxem”ga qarshi o'yinda jamoadoshi Krishtianu Ronalduning xet-triki haqida ham fikr bildirdi.

“Ronaldu har doimgi ishini qildi – gol urdi. Biz uning qaytishidan hamda gollaridan xursandmiz”, - dedi Pogba.

"Atletiko Madrid"ga qarshi javob o'yini 15 mart, seshanba kuni bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports