Pochettino "Manchester Yunayted" bilan sirli muzokaralar olib bormoqda

Alisher
12 yanv 2022, 13:34
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hali ham "Manchester Yunayted"dagi ishni ko'rib chiqmoqda.

Argentinalik mutaxassis sirli ravishda MYU bilan aloqada bo'lib turibdi, u yozda parijliklarni tark etishi mumkin.

Uning MYUdagi ish joy uchun bosh raqobatchisi - "Ayaks" murabbiyi Erik ten Xag.

Xabar berilishicha, PSJ yozda murabbiy bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Parijliklar 47 ochko bilan Liga 1 jadvalini boshqarishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien