Pochettino: "Bazida yaxshi o'yin ko'rsatmay ham g'alaba qozonasan"

Aslanov Jasurbek
11 fev 2019
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Lester Siti"ga qarshi uchrashuvdagi g'alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabati juda fantastik edi. Bazija yaxshi o'yin ko'rsatmay ham g'alaba qozonasan. G'alaba - adolatli natija deb hisoblayman. Futbolchilarni tabriklamoqchiman. Yigitlar bilan faxrlanaman.

Qaytarilgan penalti? Loris - dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri, u katta tajribaga ega va uzoq vaqtdan beri "Tottenxem" sharafini himoya qiladi. Bugungi kabi hal qiluvchi vaziyatlarda u bizga yordam bera oladi. Loris 3 ochko olishimizga imkon berdi" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com