Ayni damda Ahad Yusupov bosh murabbiylik qilayotgan plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2013 yilgi Jahon Kubogi saralash bahslarida ham ishtirok etishgan edi. 6-14 oktyabr kunlari Doxada tashkil etiladigan navbatdagi saralash bahslarida reyting bo'yicha Osiyoning eng yaxshi 16ta terma jamoasi ishtirok etadi. Saralash bahslarida dastlabki uch o'rinni egallagan terma jamoa 2015 yili Portugaliyada bo'lib o'tadigan Jahon Kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Ma'lumot o'rnida, avvalroq plyaj futboli jamoalari reytingini hisob-kitob qilib boradigan plyaj futboli xalqaro reytingi dunyo terma jamoalarining so'nggi to'rt yillik reytingini e'lon qilgan va unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 71-o'rinda qayd etilgan edi.