Platini: “Biz Ronaldu va Messini bitta jamoa uchun sotib olishlarini xohlamaymiz”

UEFAning sobiq rahbari moliyaviy cheklovlar nima sababdan kerakligi haqida fikr bildirdi.

“Biz eng boy shaxslar va klublar barcha eng yaxshi futbolchilarni sotib olishlarini xohlamaymiz. Unda futbolning rang-barangligi qayerda qoladi? Tizim ideal bo'lmasligi mumkin, ammo ushbu falsafani qabul qilish lozim. Agar cheklovlarsiz pul sarflashga ruxsat berilsa, u holda kimdir Messi va Ronalduni bitta jamoa uchun sotib oladi. Biz esa buni xohlamaymiz”, - deydi UEFAning sobiq rahbari.


Manba: The Times