Pirs: "Agar Maguayr bo'lmaganida, Angliya AQSHga yutqazgan bo'lardi"

Оқил Абдубарноев
26 noya 2022
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Styuart Pirs JCH-2022dagi o'yini uchun Harri Maguayrni maqtadi.

"Maguayr AQSHga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi (0:0). Agar u bo'lmaganida, Angliya mag'lub bo'lardi.

Albatta, o'yindan biroz hafsalamiz pir bo'ldi. Ammo vaziyatga ijobiy yondashadigan bo'lsak, Maguayrning ajoyib o'yinini qayd etishimiz kerak. U jarima maydonchasida uch marta boshi bilan zarba berishni uddaladi. Harri ajoyib o'yin namoyish etdi.

Faqat Harri Maguayr tufayli o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qola oldik", - dedi Pirs.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport