Pioli: "Biz necha o'yindan beri yuta olmayotgandik. Bu g'alaba bizga kuch beradi"

Mirjalol Normatov
26 noya 2023, 10:58
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyada "Fiorentina"ga (1:0) qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bu tezlik va sifat borasida bizning eng yaxshi o'yinlarimizdan biri emas. Birinchi bo'limda raqibga kam imkoniyat berdik.

Keyinchalik ruhiy tomonlama shunday ko'rindiki, biz eng yaxshi o'yinimizni o'tkaza olmaymiz. Miyamizda A Seriyada bir necha o'yinni yuta olmadik degan fikr aylanib yurgandi. Biroq qayta oldik va o'zimizni o'ngladik. Bu g'alaba bizga kuch beradi", - dedi Pioli.

Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriyada ketma-ket 4 o'yinda ("Yuventus", "Napoli", "Udineze", "Lechche") g'alaba qozona olmadi. Jamoaning so'nggi g'alabasi 7 oktyabr kuni "Jenoa" maydonida qo'lga kiritilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com