

Angliya termasi kiperining yangi shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi.
"Men uchun alohida o'rin tutadigan klub bilan shartnoma imzolash – juda muhim edi. "Everton"ga 22 yoshimda kelganman va bu erda meni doim qo'llab-quvvatlashgan. Bu men va oilam uchun juda muhim. Biz bu erda baxtlimiz.
"Everton" – bu katta klub. Oxirgi mavsumlar biz xohlaganchalik muvaffaqiyatli o'tmadi, ammo endi, ishonamanki, bizda jamoani yuqori pog'onalarga qaytishimizga yordam bera oladigan murabbiy bor. "Everton"da muvaffaqiyat qozonish – mening maqsadim. Muxlislar, murabbiylar va jamoa a'zolari menga ilk kunlardan iliq munosabatda bo'lishgan. Ular uchun ham ishonchli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman", – deydi Pikford.



