

Barselona himoyachisi Jerar Pikening kompaniyasi bo'lgan Kosmos ushbu savdoda qatnashib, yutib chiqdi hamda kerakli bo'lgan 452 ming evro miqdoridagi mablag'ni mamlakat futbol federatsiyasiga o'tkazib berdi. Endi Pikega tegishli bo'lgan Andorra klubi yangi mavsumni Segunda B'da boshlaydi.
Ispaniyalik futbolchi mazkur jamoani sotib olgan vaqtida, klub beshinchi divizionda bo'lgan, O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Andorra musobaqada peshqadam bo'lib, to'rtinchi divizionga ko'tarilgandi.
Ma'lumot o'rnida, Jerar Pike ushbu jamoasiga zaxira sifatida Ximnastik de Manresani xarid qildi.



