Pike: “Ramosga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi shart edi”

“Barselona” markaziy himoyachisi Jerar Pike Ispaniya kubogi yarim finali ilk uchrashuvida Madridning “Real” klubiga qarshi kechgan bellashuvda (1:1) bahsni boshqargan hakam Mateu Laos haqida to'xalib o'tdi.

“Umuman olganda hakam uchrashuvni yaxshi boshqardi.Serxio Ramos qizil kartochka olishi shart edi, ammo biz nimayam qila olardik” deya Pikening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.

Barselona va Real o'rtasida Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi 27 fevral kuni “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tadi. 


Manba: Daily Mail