PFL "Dinamo" klubi va stadionini jarimaga tortdi

Narzulla Saydullayev
8 may 2014, 11:34
Oliy liga 6-tur doirasidan o'rin olgan Dinamo - Paxtakor (1:2) uchrashuvidan keyin yuz bergan noxush holat sababli, Samarqandning Dinamo klubi va stadioni PFL tomonidan intizomiy jazo va jarimaga tortildi.
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi qaroriga ko'ra, 10 may, shanba kuni Samarqanddagi Dinamo stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki o'yini - Dinamo - Metallurg uchrashuvi tomoshabinlarsiz o'tkazilishiga qaror qabul qilingan.

Shuningdek, Dinamo klubiga nisbatan moddiy jarima solindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz