Petr Chex sakkizinchi marotaba Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Aziz Tukhtamuradov
22 mar 2016
"Arsenal" darvozaboni Petr Chex 2015 yilda Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar qilmoqda Chexiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti.
33 yoshli darvozabon sakkizinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Ovoz berish jarayonida u "Sparta" hujumchisi David Lafata va "Gerta" yarim himoyachisi Vlarimir Daridalarni ortda qoldirdi.