Petr Chex "Arsenal"da Artetaning o'rnini egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 fev 2016
"Arsenal" posboni Petr Chex jamoaning yangi sardori bo'lishi mumkin.

Klubning amaldagi sardori Mikel Arteta yozda "to'pchilar" safini tark etishi mumkin. Ingliz matbuotining ma'lumotlariga ko'ra, Arsen Venger sardorlik bog'ichini Petr Chexga bermoqchi.

Bunga sabab, Chexning futbolchilar bilan bo'lgan yaxshi munosabati, yetakchilik qobiliyati, besh tilda gapira olishi hamda posbonning ajoyib o'yni bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com