Rasman: Tojikiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024
16 fevral kuni Petr Segrt Tojikiston terma jamoasi rulini tark etgan edi.

Breaking! Osiyo kubogida tarixiy natija qayd etgan murabbiy Tojikiston terma jamoasidan ketdi

Bugun terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Shu kungacha Petr Segrtga yordam berib kelgan gruziyalik mutaxassis Gela Shekiladze Tojikiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ldi. Terma jamoaning qolgan shtabi ham ishda qoladi. Shekiladzega yana bir gruziyalik mutaxassis Tamaz Bokeriya yordamchi bo'ladi. Darvozabonlar murabbiyi Alisher To'ychiev, tahlilchi murabbiy esa Alifbek Beromov.


Shekiladze o'z vaqtida Gruziya, Afg'oniston, Maldiv orollari va Tojikiston terma jamoalarida Petr Segrtga yordamchi bo'lgan. Gelada UEFA "Pro" licenziyasi bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/fft_official