

Tajribali futbolchi o'yindan so'ng faoliyatini tugatganini ma'lum qildi.

"Avvalambor, oilam, do'stlarim va butun Peruga ahlidan kechirim so'rayman. Mag'lubiyat uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Shu ondan boshlab milliy jamoadan ketyapman. Menimcha, bunday holatdan chiqib ketish uchun menda kuch yo'q. Hammasi uchun hamkasblarimga katta rahmat va sizni bunday tushkun vaziyatga tushirganim uchun uzr", – dedi Advinkula.



