Perotti: "Roma"ning muvaffaqiyatsizliklarida Di Francheskoni ayblash oson"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 16:58
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perotti "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning 5-tur uchrashuvidan oldin jamoaning joriy mavsumdagi o'yiniga to'xtaldi.

"To'g'risini aytaman, mavsumning bu bosqichida ko'proq ochko to'plab, turnir jadvalida yuqoriroq o'rinda bo'lamiz deb o'ylagan edim. Hammasini joyiga tushirish uchun vaqt bor, ammo iloji boricha tezroq o'zimizga kelib olishimiz kerak.

Hammasida murabbiyimizni ayblash oson. O'tgan mavsumda aynan Di Franchesko tufayli Yevropaning eng yaxshi to'rt jamoasidan biriga aylandik. Deyarli barcha futbolchilar ushbu muvaffaqiyatda ishtirok etdi. Uch oy ichida yomon o'ynaydigan jamoaga aylanib qololmaymiz" - deydi Perotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia