Perotti - “Roma” safida YCHLda 15 yil ichida ilk bor gol urgan argentinalik futbolchi
“Roma” yarim himoyachisi Diego Perotti YCHL 4-turida Rimda “Chelsi” darvozasini ishg'ol etdi.
29 yoshli futbolchi “Roma” safida YCHLda so'nggi 15 yil ichida gol urgan ilk argentinalik futbolchi bo'ldi. Bungacha “bo'rilar” safida qitaning eng nufuzli turninida gol urgan argentinalik futbolchi bu Gabriel Batistuta (2002 yil) edi.