"Atletiko" Simeone bilan 4 yillik shartnoma imzoladi
Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
"Atletiko" matbuot xizmati Juliano Simeone bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.
23 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallanadi.
Juliano 2019 yildan buyon "Atletiko" tizimida. Diego Simeonening farzandi ushbu mavsumda LaLiganing 18 o'yinida qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.