"Atletiko" Simeonening o'g'li bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Alisher Ostonov
13 noya 2025, 00:58
Vinger Juliano Simeone yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

"Atletiko" bosh murabbiyining o'g'li Simeone 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Juliano Simeone "Atletiko"ning asosiy jamoasi safida 67 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda futbolchi o'z hisobiga 8 ta gol va sheriklariga 14 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Dekabr oyida Juliano Simeone o'zining 23 yoshini nishonlaydi. "Atletiko" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca