

"Biz Valverde va Tchuameni o'rtasidagi janjal haqidagi ma'lumotni sotgan odamni topdik. Bu odam klubdan ketayotgani uchun g'azablangan va shuning uchun bu ma'lumotni bergan", - dedi Peres matbuot anjumanida.
7 may, payshanba kuni mashg'ulot vaqtida yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida so'zlashuv kelib chiqib, keyin kiyim alishtirish xonasida janjalga aylangani ma'lum bo'lgan. Urugvaylik futbolchi boshdan jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ikkala o'yinchi ham 500 ming evro jarimaga tortilgan.



