Peres “Real” prezidentligidan qachon ketishni rejalashtirayotgani ma'lum

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2023
Bu haqda ispaniyalik jurnalist Siro Lopes xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Real” rahbari Florentino Peres 2025 yil lavozimini tark etmoqchi. Funkcioner “Santyago Bernabeu” stadionini rekonstrukciya qilish ishlarini yakunlashni Madrid klubi oldidagi oxirgi katta burchi deb biladi.

Eslatib o'tamiz, 75 yoshli Peres “qaymoqranglilar” boshqaruviga ilk bor 2000 yil iyulida kelgan va 2006 yil fevralida o'z xohishi bilan iste'fo bergandi. Keyingi davr esa 2009 yil boshlandi va hozirgacha davom etib kelmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru