Peres: "Modrich "Real" muxlislari qalbida mangu saqlanib qoladi"

Sherzod Nurmatov
23 may 2025
"Real" prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi Luka Modrichning ketishi haqida fikr bildirdi.

"Luka Modrich doimo "Real" qadriyatlarini aks ettirgan betakror va ibratli futbolchi sifatida klub muxlislarining qalbida mangu saqlanib qoladi.

Uning o'yini "Real" ishqibozlari va butun dunyo muxlislarini o'ziga maftun etdi. Uning merosi abadiy yashaydi", – dedi Peres.

Avvalroq 22 may kuni Madridning "Real" klubi yarim himoyachining 2024/25 yilgi mavsum yakunida ketishini e'lon qilgandi. U 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng "qaymoqranglilar"ni tark etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com