Peres Lunin va uning oilasiga Ukrainadagi vaziyat sabab har qanday yordamni taklif qildi. Anchelotti va "Real" o'yinchilari darvozabonni qo'llab-quvvatlashdi

Alisher
25 fev 2022
"Real" Ukrainadagi vaziyat sabab Andrey Luninni qo'llab-quvvatladi va yordamini taklif qildi.

Kecha Madrid jamoasi futbolchilari va bosh murabbiy Karlo Anchelotti ukrainalik darvozabonga murojaat qilishdi va qo'llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

"Real" prezidenti Florentino Peres ham 23 yoshli futbolchini qo'llab-quvvatladi va unga va oilasiga har qanday kerakli yordamni taklif qildi.

Lunin vaziyatga qaramasdan odatdagidek mashg'ulotlar o'tkazdi. Shunga qaramasdan, o'yinchi qo'llab-quvvatlashga muhtoj edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca