Pepe: "Portugaliya deganda hayolga avvalo Eysebio emas Krishtianu keladi"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013
"Real" himoyachisi Pepening fikricha Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining haqiqiy timsolidir.
Uning fikricha, Ronaldu terma jamoa uchun Eysebiodan ko'ra sezilarliroq iz qoldirib ulgurdi.

"Portugaliyada Eysebioni qadrlashadi va xalq qahramoni sifatida tan olishadi. Biroq terma jamoamizning haqiqiy timsoli - Krishtianu Ronaldudir. Bu borada juda uzoq baxslashish mumkin. Biroq fakt faktligicha qoladi. Ayni vaqtda Portugaliya deganda insonlar hayoliga Eysebio emas, Ronaldu keladi. Ronaldu terma jamoa safida yorqin iz qoldirib ulgurdi", deya uning so'zlaridan AS iqtibos keltirmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru