Pepe: Biz ayni paytda ko'nikish jarayonini boshdan o'tkazmoqdamiz

Aziz Tukhtamuradov
7 mar 2014
"Real" jamoasi himoyachisi Pepe jamoasi kundan kunda bosh murabbiy Karlo Anchelottining o'yin uslubiga moslashib borayotganligini ta'kidlab o'tdi.

Porugaliyalik futbolchi buning uchun vaqt kerak bo'layotganligini ta'kidladi.

“Murabbiy almashinuvidan so'ng doimo ko'nikish uchun vaqt kerak bo'ladi. Biz ayni paytda ushbu jarayonni boshdan o'tkazmoqdamiz. Mavsum boshini bir oz omadsiz o'tkazdik. Sekin sekin barchasi o'z joyiga tushmoqda”, - deb aytib o'tdi Pepe. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com