Pep Gvardiola: "Real", "Barsa" yoki "Bavariya" chaqirganda, hammaning o'tgisi keladi! Qolgan klublar esa ko'proq to'lashiga to'g'ri keladi"

Alisher
23 iyul 2022
Pep Gvardiola Robert Levandovskining "Bavariya"dan "Barselona"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Levi muhim o'yinchi edi ["Bavariya" uchun]. Ammo, jamoaning yuragi hali ham joyida – bu Manu [Noyer], Yo [Kimmix], Tomas [Myuller]. Ular ajoyib transferlarni amalga oshirishdi.

"Real", "Barsa" yoki "Bavariya" chaqirganda, barcha o'yinchilar o'tishni xohlaydi! Boshqalar esa ko'proq to'lashiga to'g'ri keladi", – deydi "Manchester Siti" murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" va "Bavariya" ertaga o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/altobelli13