Pep Gvardiola: "Klopp davridagi "Liverpul" bilan raqobat orqali "Manchester Siti" ham o'sishga erishgandi"

Mirjalol Normatov
7 noya 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yin uning murabbiylikdagi 1000-uchrashuvi bo'ladi.

"Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi 9 noyabr kuni o'tkaziladi.

"Agarda ushbu natijaga erishishimdagi raqibni tanlash kerak bo'lsa, albatta "Liverpul"ni tanlagan bo'lardim.

Boshqa davlatlardan ko'ra, ushbu mamlakatda men ko'proq vaqt o'tkazyapman. "Barselona" mening hayotimga katta ta’sir o'tkazgan: u erda men bolboy, futbolchi va murabbiy bo'lganman. "Bavariya" ham menga ajoyib tajriba taqdim qilgan.

"Liverpul", ayniqsa, Klopp bilan raqobat ushbu mamlakatda biz uchun asosiy voqelik bo'ldi.

Bu erda barchasi tezda o'zgarib ketishini yaxshi bilaman. Bir hafta oldin "Liverpul" ketma-ket 6-mag'lubiyatini qabul qilib olganida barcha: "Bu falokat", degandi. Keyin ular ikkita o'yinda yutdi: "Ular zo'r holatda". Endi murabbiylar bu holatni to'g'ri baholay olishmoqda, o'sish va pasayish bo'lib turadigan holat.

Biz "Liverpul"ga o'sishi uchun turtki berganmiz. O'sha paytdagi "Liverpul" bilan raqobat ham bizni o'sishga majbur qilgandi", - dedi Pep.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports