Pep Gvardiola: "Bizda amal qilishimiz lozim bo'lgan standartlar bor"

Aziz Tukhtamuradov
28 dek 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Everton"ga qarshi o'yindan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men bu qobiliyatlar haqida ularga har kuni eslataman. Bizda amal qilishimiz lozim bo'lgan standartlar bor. Bu bizga mas'uliyat yuklaydi. Natijalar tushib ketmasligi kerak. 

Birinchi taym yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda esa vingerlarimiz yordamida tezkor hujumlar qilishimizga to'g'ri keldi va biz buni juda yaxshi uddaladik. Yigitlar boshqacha ekanliklarini yana bir marotaba isbotlashdi. 

6 ta o'yindagi 1 tagina g'alabadan so'ng odamlar savollar berishmoqda. Bu normal holat. Chunki, barchasi natijaga bog'lik. Ammo biz "Arsenal", "Tottenxem", "Liverpul" va "Aston Villa"ga yaqinmiz. Biz yuqorida bo'lishni istaymiz", - dedi Gvardiola. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport