Pep Gvardiola: "Arsenal"da Sterlingni sotib olish uchun imkoniyat yo'q"

Narzulla Saydullayev
9 sen 2017
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Rahim Sterling sotilmasligini ma'lum qildi.

"Manchester Siti" yozda "Arsenal"ga o'z yarim himoyachisi Rahim Sterlingni "kanonirlar" a'zosi Aleksis Sanchesning o'rniga taklif qilgandi.

Ammo "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola futbolchini qo'yib yubormoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Arsenal" Rahimni qo'lga kiritmoqchi bo'lgandi. Ammo buning imkoni yo'q dedim. Imkoniyat yo'q. Bir foiz ham imkoniyat yo'q. Rahimga juda ham ishonaman", - deydi Gvardiola.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk