Pelening sog'lig'i yomonlashdi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2022
Futbol bo'yicha uch karra jahon chempioni braziliyalik Pelening sog'lig'i joyida emas.

Bu haqda chorshanba kuni sobiq futbolchining shifokorlari xabar berishdi.

Bu Pele 29 noyabr kuni ichak saratoni va nafas yo'llari infekciyasini davolash uchun kelgan San-Pauludagi klinika shifokorlari tomonidan ma'lum qilindi.

"Onkologik kasallikda salbiy dinamika kuzatilmoqda, shuning uchun buyrak va yurak disfunkciyasi tufayli u ko'proq intensiv terapiyani talab qiladi", – deyiladi klinika xabarida.

Shu bilan birga, shifokorlarning takidlashicha, Peleni hali reanimaciya bo'limiga yoki oddiy palatadan yarim intensiv terapiyaga o'tkazish kerak emas.

21 dekabr kuni Pelening qizi Kelli Nasimentu ijtimoiy tarmoqlarda otasi Rojdestvo bayramini oilasi bilan o'tkaza olmasligini, chunki u tibbiy sabablarga ko'ra kasalxonada bo'lishi kerakligi haqida yozgan edi.

"Folya di San-Paulu" gazetasining yozishicha, uch karra jahon chempioni palliativ davolanishda, chunki uning tanasi kimyoterapiyaga javob bermay qo'ygan. Palliativ davolash og'riq va nafas qisilishidan xalos bo'lishga yordam beradi.

Pele Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning futbol komissiyasiga ko'ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi sanaladi. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida 1363 uchrashuvda 1289 ta gol urgan.

Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, "Santos" safida to'p tepib, olti marta Braziliya chempionligini qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror