Pedro: "Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, uni to'xtatish qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
17 fev 2018, 14:49
"Chelsi" yarim himoyachisi Pedro Rodriges "Barselona"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Avvaliga g'alati bo'ladi, biroq bir necha yil birgan o'ynagan avvalgi jamoadoshlarim bilan ko'rishish juda yoqimli bo'ladi. Bu men uchun o'zgacha o'yin.

Messiga to'xtaladigan bo'lsak, u hali ham o'sha. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Leo doimo muhim rolni o'ynaydi. Uni to'xtatib qolish qiyin bo'ladi" - deydi Pedro.

"Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi ilk bahs 20 fevral kuni Londondagi "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal