

"Menda "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"dan takliflar bor edi. Ammo "Chelsi" transferim uchun boshqalardan tezroq harakat qildi va menga katta qiziqish bildirdi.
"Chelsi"da ekanligimdan xursandman - bu klub "Barselona" kabi sovrinlar uchun kurashadi. Men "Chelsi"ga faqat Mourinyo bilan ishlash uchungina emas, balki London menga yoqqani uchun o'tdim.
Bundan tashqari, "Chelsi"da do'stlarim bor" - deydi Pedro.



