Pedri yil so'ngiga qadar safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2021
Futbolchi jarohatga yo'liqdi.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri yil oxirigacha maydonga tushmaydi. Futbolchi Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi "Benfika" bilan bahsda jarohatini qaytalab oldi. 

Ispaniyalikning tiklanishi kutilganidan sekinroq kechmoqda. 

Pedri to'liq mashg'ulotlarga dekabrda kirishadi, biroq klub shifokorlarining unga yil oxirigacha maydonga tushmaslikni maslahat berishyapti. Kataloniya klubi murabbiylar shtabi ham bu fikrga hayrixoh. 

19 yoshli xavbek ushbu mavsumda "ko'k-anorranglilar" uchun 4 o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca