Pedri "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi javob o'yinida katta ehtimol bilan maydonga tushmaydi

Administrator
22 mar 2023
Futbolchi tavakkal qilishni istamayapti.

"Barselona" klubi futbolchisi Pedri "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi javob uchrashuvida maydonga tushmasligi ehtimoli katta. 

Yarim himoyachi "El Klasikoga"cha maydonga qaytmasligi ehtimoli katta. Pedri sonidan jarohat olgandi. Dastlab, futbolchi 19 martdagi o'yingacha maydonga qaytmoqchi edi, ammo jarohat yana yangilangani sabab, endi klub umuman tavakkal qilmoqchi emas. Pedri jarohatidan to'liq qutilganidan so'nggina maydonga qaytadi. 

Ma'lumot uchun, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi javob uchrashuvi 5 aprel kuni o'tkaziladi. Birinchi o'yinda "Barsa" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. 


AdministratorMuallif
Manba: Relevo