Pedri: "Barselona" - Yevropa ligasi favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
18 mar 2022, 09:13
Pedri jamoasi "Barselona" bilan Yevropa ligasi chorak finaliga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kamp Nou"da bunday natijani kutmagandik. Bunday darajada bosim bo'ladigan stadionda xech qachon o'ynamaganman. Bu aqlga sig'maydi. Tezkor gol o'yinga kirishib olishga yordam beradi. 

Ko'ramiz, qur'a bizga kimni raqib qilarkin, ammo shuni ayta olamanki, "Barselona" Yevropa ligasi favoritidir. Biz o'zimizga yoqadigan futbol o'ynaymiz va zavqlanamiz. Umid qilamanki, biz sovrin yuta olamiz. 


Gol haqida

"Men zarba haqida o'yladim. Aldamchi harakatlar qildim. Qanday o'xshaganini eslay olmayman. Maydonda barchasi o'z-o'zidan sodir bo'ladi. O'ylash shart emasligi men uchun yaxshi. 

Messi yaxshiroq gol urgandi. Mening va Leoning gollarini taqqoslash - aqlga sig'maydi", - dedi Pedri. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca