Payet: "Fransiya terma jamoasi o'z o'yinini ko'rsatayotganda uni to'xtatish qiyin"

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2016, 23:23
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dmitri Payet Irlandiyaga qarshi nimchorak final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuvning boshida gol o'tkazib yuborish - sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yomon voqea, ammo iroda ko'rsatish uchun bizda etarlicha vaqt bor edi. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni namoyish etdik. Fransiya o'z o'yinini namoyish etayotganda, uni to'xtatib qolish qiyin. Muxlislar bizni juda yaxshi qo'llab turishdi.

Chorak finalda kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q. Bu bosqichda oson raqib bo'lmaydi" - deydi Payet.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com