

Andijonliklar Paxtakor futbolchisi Dostonbek Hamdamov bilan kelishuvga erishishga yaqin. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha Andijon jamoasi Doniyor Abdumannopov va Valijon Rahimov bilan shartnoma tuzganini e'lon qilgandi.
Ma'lumot uchun, Hamdamov yakunlangan mavsumda Superliga bahslarida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.



