

Osiyo futboliga oid manbaning ma'lum qilishicha, "Al Garafa" ertaga o'z safiga eronlik hujumchi Mehdi Taremini qo'shib oladi. Futbolchi Doxaga tashrif buyurib, dastlab tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin klub bilan shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, o'tgan yilning yozida aynan shu futbolchini "Paxtakor" qo'lga kiritishi mumkinligi haqida gap-so'zlar paydo bo'lgan, ammo bu o'tish amalga oshmay qolgandi. Endilikda Taremining "Al Garafa" bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.



