"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi yana jarohat oldi va tibbiy taxminlar unchalik ijobiy emas.

"Diario AS" ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda shoshilinch almashtirilganidan so'ng himoyachi dastlabki tibbiy tekshiruvdan o'tdi va unda o'ng oyoq orqa mushagi jarohati aniqlandi. Yakuniy xulosa esa faqat MRT tekshiruvidan keyin chiqariladi, chunki shifokorlar aniq tashxis qo'yish uchun avval shish kamayishini kutmoqda.

Rasmiy bayonot hali berilmagan bo'lsa-da, francuz futbolchisining Manchesterda bo'lib o'tadigan ikkinchi o'yinda ishtirok etishi imkonsiz deb baholanmoqda. 

"Real" murabbiylar shtabi himoyaning chap qanotida o'zgarish qilishga to'g'ri kelishini qabul qildi va bu poziciyadagi asosiy mas'uliyat ehtimol yosh Niko Karreras zimmasiga tushadi.

Aytish joizki, bu mavsumda Mendi atigi 5 o'yinda ishtirok etdi va mavsumning katta qismini jarohat sabab maydondan tashqarida o'tkazdi.

"Manchester Siti" – "Real" uchrashuvi 17 martdan 18 martga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS